E-mail nima - E-mail nima - Internet - Каталог статей - ---MEG@TRON---
Понедельник, 05.12.2016, 17:26

MEGATRON

Меню сайта
Форма входа
Яндекс
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Internet » E-mail nima

E-mail nima
ELEKTRON POCHTA VA UNDAN FOYDALANISH

Elektron pochta (e-mail-electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi.U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlar jo’natilishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olguniga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o’z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki Internetning asosiy xizmat programmalari bilan interfeysga ega. Bunday yondashuvning mohiyati shundaki, xost-kompyuterga talab elektron xat ko’rinishida jo’natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta’minlovchi standart yozuvlar to’plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda sifatida qabul qiladi va bajaradi. 

 

Elektron pochta xizmatidan foydalanish. 

 

Internet elektron pochta xizmatini ko’rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xay bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog’i yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin. Quyidagi rasm orqali http://www.mail.ru sistemasi orqali pochta ochilishini ko`rishingiz mumkin. Uning uchun biz avval registrasiyadan o`tishimiz lozim. http://www.mail.ru sistemasi orqali "Регистрация в почте" bosamiz. natijada quyidagi anketalarni tuldirish lozim bo`ladi: 

 

 

 

 

 

Shundan sung "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasi bosiladi. Agar biz tanlagan login oldindan registratsiyadan o`tmagan bo`lsa, to`gridan to`gri pochta ochiladi. Aks holda boshqa login tanlash haqida ogohlantiradi: 

 

 

 

Biz tanlagan loginimiz oldindan kiritilganligini eslatib boshqa login tanlashimizga ruxsat beradi. Shundan so`ng biz boshqa login tanlab "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasini bosamiz va natijada yangi elektron pochtaga ega bo`lamiz. 

 

  

Mana o`zimizning shaxsiy elektron pochtamizga ega bo`ldik. Elektron adres odatda e-mail deb ko’rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayotgandek, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so’ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so’ng xat ko’rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Yani har bir foydalanuvchi o’zining pochta qutisiga ega. Umimiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo`natiladi. 



Категория: E-mail nima | Добавил: megatron (21.12.2012)
Просмотров: 853 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2.2/4
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: