6 eng katta xatolar - 6 eng katta xatolar - Sistema - Каталог статей - ---MEG@TRON---
Суббота, 03.12.2016, 16:36

MEGATRON

Меню сайта
Форма входа
Яндекс
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Sistema » 6 eng katta xatolar

6 eng katta xatolar
Bu maqolamizni shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari orasida eng keng tarqalgan xatolarni ko‘rsatib o‘tish va ulardan ogohlantirishga bag‘ishladik. 
 Ishonch bilan aytishimz mumkinki, quyida keltirilgan xatolarga nafaqat kompyuterdan foydalanishni endi boshlayotganlar, balki, tajribali foydalanuvchilar ham tez-tez yo‘l qo‘yib turadilar. Keling, mana shu xatolarni ko‘rib chiqamiz.


1) Kompyuterga bittadan ko‘p antivirus dasturlarining o‘rnatilishi.

Ba’zi foydalanuvchilar kompyuterda operatsion tizimga qanchalik ko‘p antivirus dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, kompyuter viruslardan shuncha yaxshi va ishonchli himoyalangan bo‘ladi deb hisoblashadi.

Bunday fikrlash nafaqat shunchaki xato, balki kompyuterdan to‘g‘ri va samarali foydalanish qonun-qoidalariga zid hamdir. Agar kompyuterga bir nechta antivirus dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa, ular bir-birining fayllarini aralashtirib yuboradilar, virus deb o‘ylab, boshqa ichki, kerakli fayllarni o‘chirib yuboradi, shuningdek, operatsion tizimni ham ishdan chiqarib, «osiltirib» qo‘yadi.

Bundan tashqari, agar bir nechta antivirus dastur o‘rnatilgan bo`lsa, Windows to‘liq ishdan chiqmasa ham, juda ham sekin, tormozlanib ishlay boshlaydi. Shundoq ham antivirus xotiradagi har bir faylni sinchiklab tekshirishi davomida (skanerlash) kompyuterning ko‘pgina resurslarini band qilib qo‘yadi, masalan, protsessor, RAM kabilarni. Endi, kompyuterga bir nechtasi o‘rnatilgan bo‘lsa, ular umuman kompyuterni qiynab yuboradi.

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytay, bir tanishim o‘zining kompyuteriga bir emas, ikkita emas, naq to‘rtta (!!!) antivirus o‘rnatgan edi. Bora-bora, Windows kompyuter yoqilgandan keyin 8-10 daqiqada yuklanadigan bo‘lib qoldi.

Boshqa foydalanuvchilarning xatolarini takrorlamang. O‘zingizga yoqqan, yoki tajribangizda sinagan, yoki mutaxassislar maslahat bergan bittagina antivirus dasturni tanlang va shuni kompyuteringizga o‘rnating. Shunisi yaxshiroq, aytishadiku, «Bitta qozonda ikkita qo‘chqorning kallasi qaynamaydi» deb.

2) Antivirus bazasining yangilanmasligi (update). Dasturlash sohasi shu qadar tez rivojlanib bormoqdaki, har kuni yangi birorta dastur yoziladi. Lekin yozilayotgan dasturlarning hammasi ham foydali emas. Ba’zilari foydasiz, ba’zilari esa zararli, ya’ni viruslardir. Internet tarmog‘ida kuniga, hattoki soatiga yangi virus tarqaladi.

Aytaylik, foydalanuvchi birinchi xatolikni takrorlamay, o‘z kompyuteriga bitta antivirus dasturini o‘rnatdi. Antivirus tahminan quyidagicha ishlaydi: Uning arxivida, ya’ni bazasida shu kungacha mavjud bo‘lgan viruslarning nomlari qayd etilgan bo‘ladi. Antivirus ishga tushgach, kompyuterdagi hamma fayllarni nomma-nom, turiga qarab o‘z bazasidagi virus fayllarning nomi bilan solishtirib chiqadi. Agar kompyterdagi birorta faylning nomi antivirus bazasidagi virus nomi bilan mos kelib qolsa, antivirus virusni o‘chiradi. Agar antivirusning bazasi yangilab turilmasa, ya’ni unga yangi chiqqan viruslar tanitib turilmasa, u yangi viruslarni «ko‘rmaydi». Agar antivirus yangi chiqqan viruslarni taniy olmasa, uning qanday foydasi bor? Bekorga xotiradan joy oladi, kompyuter ishini sekinlashtirgani qoladi. Shuning uchun qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, antivirus bazasini yangilab turishni unutmang.

3) Kompyuter interfeysining o‘zgartirilishi. Navbatdagi xatoni mana-man degan professional foydalanuvchilar ham qilib qo‘yishadi. Ular operatsion tizimning, odatda Windows ning standart o‘rnatilgan interfeysini, bezalishini boshqa, o‘zlariga yoqqan bezaklarga yoki boshqacharoq ko‘rinishdagi shaklga o‘zgartirishadi. Atayin Internetdan g‘aroyib, «original» interfeyslar yuklab olishadi.

To`g`ri, interfeysning o‘zgartirilishi kompyuterning ishida xatoliklarni keltirib chiqarmasligi mumkin, lekin u operatsion tizimning ishlashini ancha sekinlashtirib qo‘yadi. Ba’zi yomon niyatli dasturchilar kompyuter interfeysini o‘zgartiruvchi dasturlarga zararli kodlarni, masalan, virus yoki shunga o‘xshashlarni ham qo‘shib qo‘yishadi. Natijada interfeys o‘zgartirilganda zarar o‘z kuchini ko‘rsata boshlaydi.

4) Kompyuterda fayl tizimining noto‘g‘ri iyerarxiyasi (joylashishi desa ham bo‘ladi). Foydalanuvchi o‘z kompyuteriga biror o‘yin yoki dastur o‘rnatayotganida fayllar uchun noto‘g‘ri joy tanlab qo‘yishadi. Ular hamma dasturlarni C diskning o‘ziga o‘rnatib qo`yishadi. Agar bilsangiz, deyarli barcha dasturlarda config.ini, uninstall.exe, pack1.db va boshqa bir xil nomlanishdagi fayllar mavjud bo‘ladi. Agar dasturlar alohida papkalar ochib, ularga o‘rnatilmasa, dasturlar bir-birining fayllarining ustiga o‘zining fayllarini «yozadi», boshqa dasturning faylini esa o’chirib tashlaydi. Chunki, bitta papkada ikkita bir nomli fayl mavjud bo‘la olmaydi. Shuning uchun o‘ziga tegishli fayllari o‘chib ketgan dastur ishga tusha olmay, «qiynaladi», xato ishlaydi. Fayllar o‘chib ketmagan taqdirda ham, tasavvur qiling, C diskning o‘ziga 4-5 ta dasturni o‘rnatgansiz. Bu yerda mingtacha fayl arlashib turgan bo‘ladi, tartibsizlik yuzaga keladi.

Mana shunday tartibsizlik bo‘lmasligi uchun, o‘rnatmoqchi bo‘lgan har bir dastur yoki o‘yin uchun alohida papka ochib oling. C diskda Games, Program Files, Musiks degan papkalar mavjud bo‘lsa, o‘yinlarni Games papkasiga, dasturlarni Program Files papkasiga, musiqa va kinolarni Musiks papkasiga o‘rnating. Shunda C:\Games\Fifa2012 yoki C:\Program Files\Auto Cad kabi ko‘rinish hosil bo‘ladi. Bu huddi uyingizning qaysi xonasida, xonaning qaysi shkaf yoki javonida u yoki bu buyumingiz turgani kabi aniq bo‘ladi.

5) Keraksiz dasturlarni o‘rnatish. Tasavvur qiling, ota farzandiga kompyuter olib berdi. U bola kompyuter bilan ilk tanishuvidan keyin nima qiladi? To‘ppa-tog‘ri, qiziquvchanligi sababli kompyuterga kerakli-keraksiz dasturlarni o‘rnatib tashlayveradi. U, kompyuterga qanchalik ko‘p dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, shunchalik samarali ishlaydi, deb o‘ylaydi. Lekin bu noto‘g‘ri ish. Eng avvalo kompyuterdan qanday maqsadlarda foydalanmoqchi ekanligimizni aniqlab olishimiz kerak. Odatda ko‘pchilik Offis dasturlaridan eng ko‘p foydalanadi. Keyin, musiqa eshitadi, kino ko‘radi. Mana shunday foydalanuvchi uchun musiqa yozadigan professional dasturning keragi bormi? Yo‘q, albatta. Unga faqatgina WinAMP yoki AIMP bo‘lsa yetarli. Kino ko‘rish uchun esa ba‘zi kodeklar bo‘lsa bo‘ldi. Yozuv-chizuv ishlari uchun MS Word, MS Excel lar yetib ortadi.

Shunday ekan, har qanday dastur o‘rnatishdan oldin u bizga haqiqatan kerakligiga ishonch hosil qilishimiz lozim. Ya’ni, avval maqsadimizni aniq belgilab olib, keyin shu maqsadga mos keladigan dasturlarnigina o‘rnatsak, ayni muddao bo‘ladi.

6) Kompyuterni noto‘g‘ri o‘chirish. Hech qachon kompyuterni to‘satdan, operatsion tizim ishlab turgan vaqtda birdaniga o‘chira ko‘rmang. Birdaniga o‘chirish deganda on/off tugmachasini bosib yoki elektr tarmog‘iga ulangan simni tortib o‘chirish nazarda tutilmoqda. Har doim kompyuterga o‘z ishini yakunlash imkonini bering – Start (pusk) paneli orqali o‘chirishni amalga oshiring. Kompyuter to‘g‘ri o‘chirilganida operatsion tizim avval barcha ishlab turgan dasturlarni tezkor xotiradan o‘chiradi, keyin vinchester ignachasini sekin-asta qattiq diskning chekkasiga surib qo‘yadi. Agar kompyuterni elektr tarmog‘idan birdaniga uzib qo‘ysak, qattiq diskning ustidagi ignacha birdaniga qattiq diskning chekkaga suriladi. Bunda diskning usti tirnalishi mumkin. Agar qattiq diskning ustiga «chiziq tortilsa», o‘sha joydagi ma’lumotlar o‘chib ketadi, xotiraning o‘sha qismidan keyinchalik umuman foydalanib bo‘lmaydi.

Yuqorida sanab o‘tilgan xatolarga yo‘l qo‘ymasangiz, kompyuteringizni qo‘ltiqlab, tez-tez ustaxonaga qatnamaysiz, yoki ko‘p pul sarflab ustani uyingizga chaqiravermaysiz.
Категория: 6 eng katta xatolar | Добавил: megatron (21.12.2012)
Просмотров: 556 | Рейтинг: 2.5/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: