Среда, 24.04.2024, 23:21

MEGATRON

Меню сайта
Форма входа
Яндекс
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Soft » WinRAR va fayllarni bo'lish

WinRAR va fayllarni bo'lish
Faylni yaxlit jo‘natib bo‘lmas ekan, demak uni bo‘laklarga bo‘lib jo‘natamiz. Bu juda oson, bir marta o‘rganib olsangiz, o‘zingiz ham bemalol qo‘llay olasiz. Diqqat bilan o‘qisangiz bo‘ldi.

Misol tariqasida «Avatar» filmining 8 gigabaytli talqinini olaylik. Uni boshqa kompyuterga ko‘chirib o‘tmoqchimiz. Fleshkamizning hajmi esa, 2 gigabayt:



 

Demak, bu filmni bir kompyuterdan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish uchun kamida to‘rt qismga bo‘lishimiz kerak. Keyin har bir qismini bittadan olib o‘ta olamiz.

Bu ishni arxivator dasturi – WinRAR yordamida bajaramiz. Agar kompyuteringizda bu dastur bo‘lmasa, Internetdan yoki biror tanishingizning kompyuteridan albatta yuklab oling, u juda foydali.

Oldimizga qo‘yilgan maqsadni oydinlashtirib olamiz: biz WinRAR dasturi yordamida bitta fayldan bir nechta arxivlar yaratish orqali uni qismlarga ajratib, boshqa kompyuterda ushbu faylni qayta birlashtirishimiz kerak.

Buning uchun:

Tanlagan filmimizga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz va ochilgan matnli menyudan «WinRAR – Добавить в архив...» ( «WinRAR – Arxivga qo‘shish...») punktini tanlaymiz.



 

Odatda, matnli menyuda WinRAR doim mavjud bo‘ladi. Lekin mabodo sizning menyuingizda uchramasa, kompyuterdan qidirib ko‘ring, u beso‘roq ravishda quyidagi manzilda joylashadi: C:\Program Files\WinRAR . Dasturni ishga tushiring (WinRAR.exe fayli):



Fayl menyusidagi «Открыть архив» buyrug‘i yordamida bizga kerakli film turgan papkani topamiz:



Filmni tanlaymiz va «Добавить» («Qo‘shish») tugmasini bosamiz:

 



Shundan so‘ng arxivatsiya o‘lchamlarini tanlash darchasi paydo bo‘ladi, unda jild hajmi (размер тома)ni ko‘rsatamiz:



«Jild hajmi» deganda fayl bo‘linadigan har bir bo‘lakning hajmi nazarda tutiladi. Bizning holatimizda jildlar hajmi – 2 Gb. Lekin, WinRAR da fayl hajmlari gigabaytlarda emas, baytlarda beriladi. Buning uchun 2 Gb ni oldin megabaytlarga, keyin kilobaytlar va so‘ngra baytlarga aylantiramiz:

2*1024 = 2048 megabayt

2048*1024 = 2097152 kilobayt

2097152*1024 = 2147483648 bayt

Shunday qilib, 2 Gb – bu 2147483648 bayt ekanligini aniqladik. Endi ushbu qiymatni «razmer toma» («jilda hajmi») maydonchasiga kiritamiz.

Umuman olganda, hisob-kitob qilib, aniq soni chiqarib o‘tirish aslida shart emas. Shunchaki gigabaytda berilgan sonning ketidan to‘qqizta nolni yozib qo‘ysangiz, bo‘ldi. Bunda berilgan hajm 2 Gb dan kam bo‘ladi, lekin buning yaxshi tomoni bor – bu holatda faylning 2 Gb li fleshkaga sig‘ishi aniq bo‘ladi (buning sababini jurnalning o‘tgan sonidagi «Dars +» ruknidan bilib olasiz).

Demak, 2000000000 sonini tegishli maydonchaga kiritamiz va OK ni bosamiz:



Shundan keyin arxivlarimiz – bo‘laklarni yaratish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon fayl hajmi va kompyuter quvvatiga qarab, anchagina vaqt olishi mumkin.



Ushbu amaliyot tugagach, faylimiz turgan papkada yana to‘rtta fayl paydo bo‘lishi kerak, chunki biz faylni to‘rtga bo‘ldik-da. Lekin, kompyuter bizga yana bitta arxiv-fayl «sovg‘a» qiladi.

Nega bunday? Chunki biz 2 Gb o‘rniga 2000000000 bayt kiritgan edik. Natijada 2 Gb li fayl to‘rtta arxivga sig‘magan. Kompyuter avtomatik ravishda 498 Mb li beshinchi arxivni yaratdi:



 

Bu tabiiy hol, faqat endi to‘rtta emas, beshta faylni narigi kompyuterga ko‘chiramiz.

Barcha arxivlarni ko‘chirib olgach, ularni bitta faylga jamlab, yaxlit film holatiga qaytarishimiz kerak bo‘ladi.

Birinchi arxivga sichqonchaning o‘ng tomoni bilan bosamiz va matnli menyudan «WinRAR – Извлечь в...» («WInRAR - ...ga chiqarish») punktini tanlaymiz:



Yoki, agar matnli menyuda WinRAR bo‘lmasa, bevosita ushbu dasturni ochib, u orqali birinchi arxivni tanlaymiz va «Извлечь в» («...ga chiqarish») tugmasini bosamiz:



Shunda arxivlar turgan papkaning o‘ziga film chiqarila boshlaydi. Chiqarish jarayoni tugaganidan keyin, arxivlarimiz nomi bilan atalgan yangi papka paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Unda filmimiz joylashgan bo‘ladi:



 

Oxirgi ishimiz – ko‘chirib olingan faylimiz qanday ishlayotganligini tekshirishdan iborat.

Agar hammasi joyida bo‘lsa, qattiq diskda joy egallab yotmasligi uchun arxivlarni o‘chirib tashlaymiz.

Yirik fayllarni Internet orqali jo‘natishda ham xuddi shu usulni qo‘llaymiz.
Категория: WinRAR va fayllarni bo'lish | Добавил: megatron (22.12.2012)
Просмотров: 2682 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: