Четверг, 28.03.2024, 19:31

MEGATRON

Меню сайта
Форма входа
Яндекс
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Tuzulishlar » Diagnostika qo'yish haqida

Diagnostika qo'yish haqida
Misol tariqasida shunday holatni tasavvur qilamiz: kompyuter yoqilmayapti, monitorda tasvir yo‘q. Bugun ana shunday holatda kompyuterni to‘liq diganostikadan o‘tkazishni o‘rganamiz.

 

Bizning holatimizda muammo ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

- kompyuter umuman yoqilmayapti, ya’ni yoqish tugmasini bosganimizda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermayapti;

- kompyuter yoqilyapti, lekin monitorda hech qanday tasvir ko‘rinmayapti – tizimli blokda «kuler» – ventilyator ishlab turibdi (sodda qilib aytganda, nimadir «guvillayapti»).

Ishni ikkinchi ko‘rinishdan boshlaylik. Demak, kompyuter ishga tushdi, lekin monitorda tasvir ko‘rinmayapti (monitor tugmasi atrofidagi sariq lampochka yoniq yoki monitorda «no signal» (signal yo‘q) yozuvi paydo bo‘ldi). Buning ikkita sababi bo‘lishi mumkin.

Birinchi sabab: kompyuter yoqqaningizda «spiker» (tizimli blokdagi dinamik) bitta qisqa tovush chiqardi, ya’ni hammasi joyida ekanligini bildirdi. Bu holatda videokarta kuyib qolgan bo‘lishi mumkin. Dastlab videokartani slotidan olib, qaytadan joylang, videokartadan monitorga boradigan kabelni tekshiring, qimirlatib ko‘ring, ulanish joylarini mustahkamlang. Agar bu harakatlar samara bermasa, videokartani almashtirib ko‘ring.

Ikkinchi sabab: spiker – jim (umuman tovush chiqarmadi), bundan shunday xulosaga kelamiz – yo ona plata yoki ozuqa bloki ishdan chiqqan. Yoqish tugmasi bosilganda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermaganda ham xuddi shunday. Buni tekshirish uchun ishlaydigan ozuqa bloki kerak bo‘ladi, lekin eski blokni yechib olish, olib tashlash kerak emas. Quyidagi ketma-ketlikda tekshiruvni amalga oshiramiz (Diqqat! Barcha amallarni kompyuterni elektr tarmog‘idan uzib qo‘ygan holda bajaring):

1. Tizimli blokning o‘ng tomonini yerga qilib yotqizamiz va chap qopqog‘ini ochamiz (bu holatda u tepa tomonda bo‘ladi).

2. Ozuqa blokini ona platadan uzamiz (e’tibor bering – faqat ona platadan ajratamiz, qattiq disklar (HDD) va uzatma (CD-DVD) dan uzmaymiz).

3. Ishlaydigan ozuqa blokini ehtiyotkorlik bilan kompyuter korpusini ustiga qo‘yamiz, bunda uning shnurlari ona platadagi tegishli uyalarga bemalol yetishi kerak, blokni ona plataga ulaymiz.

4. Elektr tarmoqdan oziqlanish shnurini ozuqa blokiga ulaymiz va kompyuterni yoqamiz.

Agar kompyuter ishga tushib ketsa, demak nosozlik – ozuqa blokida. Aks holda esa, ona plata ishdan chiqqan bo‘ladi. Nosoz qismni almashtirib, kompyuterda ishlashni davom ettiraveramiz.

Ko‘rib turganingizdek, bu yerda hech qanday murakkabliklar yo‘q. Eng qiyin tomoni – yoningizda ishlaydigan ozuqa bloki bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, uni do‘stingiz yoki tanishingizning kompyuteridan olib turishingiz mumkin, ammo bunga u ruxsat beradimi, yo‘qmi – endi bu sizning muomala qilish borasidagi mahoratingizga bog‘liq.

Kavsharlagich (payalnik) ishlata oladiganlar diqqatiga – nosoz ozuqa blokini tashlab yuborishga shoshilmang. Odatda unda kondensatorlar ishdan chiqqan bo‘ladi. Ozuqa blokini ochib qarang, agar haqiqatda kondensatorda ayb bo‘lsa, darrov radiotexnika do‘koniga borib tegishli kondensatorlar sotib oling va ularni eskisining o‘rniga kavsharlab qo‘ying. Eslatib o‘tamiz, bu – kavsharlagich ishlatishdan xabardorlar uchun maslahat. Hamma uchun umumiy va eng muhim maslahat – ta'mirlash ishlari olib borayotganda kompyuterni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yishni unutmang!
Категория: Diagnostika qo'yish haqida | Добавил: megatron (22.12.2012)
Просмотров: 2301 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2.2/6
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: