Четверг, 25.04.2024, 15:00

MEGATRON

Меню сайта
Форма входа
Яндекс
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Tuzulishlar » Flesh kartani qanday qilib tuzatish mumkun?

Flesh kartani remont qilish
Fleshkani qanday tuzatish mumkin? 

 Ogohlantirish: quyida yozilganlar faqat tavsiya bo'lib, sizga fleshkangiz 100% tuzalishi uchun qo'llanma bo'la olmaydi. Men faqat o'zimning fleshkamni tuzatish jarayonida yig'ilgan tajribamni bir tizimga soldim. 
 Yana bir ogohlantirish: quyidagi usullarning barchasi quyi darajada formatlash bilan bog'liq bo'lib, zarar yetgan fleshkadagi axborotni butunlay o'chirib tashlaydi. Shu sababli bu usuldan boshqalari yordam bermagandagina foydalanishni maslahat beraman. Agar fleshkaning kafolat muddati tugamagan bo'lsa, yaxshisi uni servisga yoki do'konga olib boring. 

 Shunday qilib, agar siz fleshkani ulaganingizda disk, fayl tizimi, fleshka hajmi aniqlanmayotgan bo'lsa, hali hammasi yo'qotilgan emas. 

 Bunday holat odatda fleshkani unga narsa yozayotgan paytda sug'urib olganingizda yoki formatlash jarayonidagi qandaydir nuqson oqibatida yuz berishi mumkin. Bu hollarda sizning fleshkangiz "noma'lum hajmli noma'lum fayl tizimiga ega noma'lum qurilma" sifatida aniqlanish ehtimoli katta. 
 Buning sababi 2 xil bo'lishi mimkin: 
 1) Mikrochip-kontroller kuygan. Bu holda kavsharlagich (payalnik)siz hech narsa qila olmaysiz. 
 2) Fayl tizimi ishdan chiqqan. Bu holda esa uni jonlantirish mumkin. 

 Birinchi navbatda fleshka ishlab chiqarilgan kompaniya saytiga kiramiz. U yerda shunday vaziyat uchun mo'ljallangan utilita bo'lishi mumkin. Masalan Transcend kompaniyasi sayti: http://www.transcendusa.com 

 Saytda o'zimizning fleshkamizni topamiz. Matnni sinchiklab o'qib, utilitani topamiz. Odatda matnda recovery so'zi bo'ladi. Utilitani ko'chirib olib, instruksiyalarga amal qilib, fleshkani formatlaymiz. 

 Biroq saytda bunday utilita bo'lmasligi ham mumkin. 

 Unda sal murakkabroq yo'liga o'tamiz. Bunda bizga fleshkamizning VID va PID parametrlari kerak bo'ladi. 

 Mikrochipning bunday parametrlarini topishga bizda yordam beruvchi maxsus utilitalar mavjud: 
 1. CheckUDisk 5.0: http://www.flashboot.ru/index.php?name=Files&op=view_file&lid=44 
 2. ChipGenius v2.62: http://www.flashboot.ru/index.php?name=Files&op=view_file&lid=89 

 Ko'chirib olib, ishga tushirgan bo'lsangiz, siz endi kontroller turi, VID va PID parametrlarini bilasiz, fleshka hajmini esa avvaldan bilardingiz. 

 Endi iFlash katalogiga kiramiz: http://www.flashboot.ru/index.php?name=iflash. Bu yerda fleshkalar haqida axborot mavjud. Fleshkangiz hajmi, VID va PID parametriga mos keluvchi qatorni topamiz (axborot bu sahifada bir necha betda berilgan). 

 Topgan bo'lsangiz, o'ng tomonda eng chetdagi ustun - Utilita ustunidagi utilita nomini ko'chirib olasiz. Endi http://www.flashboot.ru/index.php?name=iflash bu yerga kiramiz. 

 "Каталог файлов” yozuvi ostidagi formaga utilita nomini kiritamiz, "найти” ni bosamiz. Topilgan utilitalar orasidan o'zimizga mosini topib, yuklab olamiz. 

 Endi utilitani ishga tushirib, VID va PID parametrlari, kontroller turi to'g'ri ko'rsatilganiga ishonch hosil qilgach, kerakli tugmani bosamiz (barcha utilitlarda turlicha). Omad 

 P.S. Windows Vista da ushbu amallarni bajarish hech qanday natijaga olib kelmasligi mumkin.
Категория: Flesh kartani qanday qilib tuzatish mumkun? | Добавил: megatron (21.12.2012)
Просмотров: 10302 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 2.5/13
Всего комментариев: 1
1 sherzod_5573  
0
Sandisk Cruzer Blade 32gb диск заўита от записи деган нарса чиқиб қолган флешкага хеч нима ёзиб бўмибди интернетдан прошивкасини қидириб кўрсам бу флешкага прошивка чиқмаган экан флешкани ўзи ишлаши янгидай ишлашига гап йўқ

Имя *:
Email *:
Код *: