Вторник, 14.05.2024, 09:12

MEGATRON

Меню сайта
Форма входа
Яндекс
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Internet » YouTube video-roliklari yangi formatga o‘tdi

YouTube video-roliklari yangi formatga o'tdi
YouTube saytiga yuklanadigan video-roliklar endi yangi formatga o‘tkaziladigan bo‘ldi. YouTube xizmatining rasmiy blogida yozilishicha, endilikda ushbu saytga yuklangan video-roliklar avtomatik ravishda Google, Opera va Mozilla tomonidan ishlab chiqilgan WebM formatiga o‘tkaziladi.



Ma’lum bo‘lishicha, YouTube saytiga shu paytgacha yuklangan roliklarning barchasi bosqichma-bosqich WebM formatiga o‘tkaziladi. Videoxosting mutaxassislari hozirgacha video-roliklar arxivining qariyb 30% ni WebM formatiga qaytadan kodlashtirib bo‘lgan. Birinchi bosqichda qayta kodlashtirilgan mazkur 30% video-roliklar saytda ko‘riladigan videolarning 99% ni tashkil qiladi.



WebM videokodek HTML5 standartlarini qo‘llab-quvvatlovchi barcha brauzerlarda qo‘shimcha hech qanday plaginlarsiz (masalan, Flash Player) roliklarni ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Xususan, Google Chrome, Mozilla Firefox va Opera brauzerlarining so‘nggi versiyalari WebM video-formatini qo‘llab-quvvatlaydi.

WebM video-formati mashhur H.264 video-kodekka raqobatchi hisoblanadi. Ushbu kodek Internet Explorer va Apple Safari brauzerlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Hozirgi paytda H.264 raqamli videolarni kodlashtirish uchun qo‘llaniladigan mashhur standart hisoblanadi. Ayni paytda ushbu texnologiya Blu-ray disklarida va Apple kompaniyasi tomonidan Flash-video uchun muqobil variant sifatida qo‘llaniladi. H.264 videokodekining bir qator texnologik afzalliklariga qaramasdan, ko‘plab mutaxassislar undan HTML5 – veb-sahifalarni yozish uchun ishlatiladigan tilning yangi versiyasida video tegi uchun standart sifatida foydalanishga qarshi chiqqan.

Endi Internet Explorer brauzeridan foydalanuvchilar YouTube videolarini ko‘rish uchun Google tomonidan ishlab chiqilgan maxsus ilovani (kichik dasturcha) o‘rnatishlari lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, WebM videokodek ilk marta 2010-yil may oyida "Google I/O” konferensiyasida namoyish qilingan edi.
Категория: YouTube video-roliklari yangi formatga o‘tdi | Добавил: megatron (21.12.2012)
Просмотров: 1315 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 123  
0
pornovonline.net )

Имя *:
Email *:
Код *: