Понедельник, 29.04.2024, 11:34

MEGATRON

Меню сайта
Форма входа
Яндекс
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Sistema » Fayllar familiyasi

Fayllar familiyasi
Familiya nimani anglatadi? Qaysi oilaga mansubligimizni. Xuddi shu kabi, fayllar formatlari ularning qaysi turdagi fayllar «oilasiga» tegishli ekanligini, ularni qaysi dastur bilan ochish kerakligini ko‘rsatadi. Fayl nomi va formati o‘rtadagi nuqta bilan ajratiladi (masalan: maqola.doc). fayl nomini foydalanuvchining o‘zi tanlashi mumkin. Format esa, (ba’zida uni «расширение» – «kengaytma» deb ataydilar) fayl turiga qat’iy biriktirilgan bo‘lib, uni o‘zgartirish taqiqlanadi (albatta, istisnolar bo‘ladi, lekin ularni keyinchalik ko‘rib o‘tamiz).

Har kim o‘z qiziqishi doirasidagi fayllar bilan ishlaydi. Musiqachi – musiqali fayllar, dizayner – grafika, jurnalist – matnli fayllarni ko‘p ishlatadi. Lekin shunday fayl formatlari borki, ularni barcha birdek ko‘p qo‘llaydi.

Arxivlar:

RAR – RAR-siqish yordamida siqilgan fayllar yoki fayllar guruhi (u ZIPga qaraganda ko‘proq siqadi). «RAR» atamasi «Roshal ARchive»dan yasalgan (WinRar dasturi yaratuvchisi – Yevgeniy Roshal).

ZIP – ZIP-siqish yordamida siqilgan fayl, u aksariyat arxivator dasturlar (siqilgan fayllar ustida ishlovchi dasturlar)ga tushadi. Windows foydalanuvchilari WinZip dasturi yordamida ZIP-fayllar yarata oladilar.

Video:

AVI – turli kodeklarda kodlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga ega videofayllar formati. Unda siqish boshqa formatlarga qaraganda kamroq qo‘llaniladi. AVI-fayllar turli pleyerlarda ijro etilishi mumkin, lekin pleyerga tegishli videoni kodlash uchun ishlatiladigan kodek tushishi kerak (kodek so‘zi KOdlash va DeKodlash (qayta kodlash) so‘zlaridan olingan).

MPEG1-2(MPG) – ma’lumotlarni siqish va o‘chirish yordamida video va ovozni saqlash formati.

MPEG4(MP4) – MPeG-4 standartida siqilgan film yoki videoklip bo‘lib, odatda Internetda video-fayllarni almashish va jo‘natish uchun qo‘llaniladi. Bu formatda audio- va videoyo‘lkalar uchun alohida siqish qo‘llaniladi.

SWF - ShockWare Flash. SWF fayllari Macromedia Flash dasturi yordamida tuziladi. Uni yana Flash Player formati deb ham ataladi. Bu format vektorli grafika va ovozli animatsiyali kliplarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Ko‘rish uchun Flash Player proigrivateli, shuningdek, zamonaviy veb-brauzerlardan foydalaniladi. SWF fayllarni tahrir qilib bo‘lmaydi.

Grafika:

BMP – rastrli grafik format. Windows uchun standart grafik fayllar formati. Windows dagi barcha tasvirlarni tahrir qilish dasturlari BMP fayllarni yarata va o‘qiy oladi. Tasvirning rangini oq-qoradan to to‘liq ranglargacha belgilash mumkin. Bu formatda tasvir siqilmaydi. Taxminan 16,7 million xil rang ishlatiladi.

GIF – Graphics Interchange Format (grafik ma’lumotlarni almashish formati). CompuServe firmasining standarti, u rastrli rangli tasvirlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Tarmoq orqali tarqatish uchun mo‘ljallangan ushbu format fayllari juda kichkina bo‘ladi. Format kulrangning 256 xil jilosi yordamida oq-qora tasvirni va 256 xil yoki undan kam rangni qo‘llab, rangli tasvirni yozib oladi. Tasvirni animatsiyada ham ishlatish mumkin.

JPEG (JPG) – asosan rastrli tasvirlar (fotosuratlar, rasmlar va b.) uchun ishlatiladi. JPEG formatida yuqori darajada siqilganligi tufayli, tasvir fayli hajmi sezilarli darajada kamayadi. Lekin bunda tasvir sifati yo‘qoladi. Bugungi kunda JPEG fotosuratlar va ko‘psonli ranglar ishlatilgan tavsirlar uchun eng yaxshi format sanaladi. U Internetda ishlatish va elektron pochta orqali jo‘natishga qulay. Taxminan 16,7 million xildagi rang qo‘llaniladi.

PSD – Photo Shop Data. Fotosuratlarni qayta ishlovchi fotoshop dasturida yaratilgan fayllar formati. Taxminan 250 trillion xil rang qo‘llaniladi.

TIFF(TIF) – Tagged Image File Format (tasvirli fayllarning teglangan formati), rastrli grafik format. Bu format tasvirlarni yuqori sifatini ta’minlaydi va kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlar almashishdagi standart format sanaladi. TIFF formati tasvirni ma’lumotlarni yo‘qotmay siqish imkonini beradi. Raqamli kameralar foydalanuvchilari tomonidan keng qo‘llaniladi. Taxminan 16,7 million xildagi ranglar mavjud.

Hujjatlar, matn:

DOC – Microsoft Word da yaratilgan fayl. U matn, surat, jadval, grafika, diagrammalarni, sahifalarni formatlash va chop etish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi.

PDF – Portable Document Format. Adobe Acrobat dasturi hujjati (fayli). Fayllarni o‘zgarmas shaklga va formatga keltirgan holda taqdim etish uchun qo‘llaniladi. Bunda u qanday qurilmada ochilishining farqi yo‘q. Ya’ni, fayl qanday yaratilgan bo‘lsa, doimo shunday ko‘rinadi.

RTF - Rich Text Format. Microsoft tomonidan taklif etilgan. Belgilangan matnli fayllarni saqlash formati. RTF fayllar aksariyat zamonaviy muharrir-dasturlarda ochiladi. Ko‘pchilik matn muharrirlari RTF formatida import/eksportni amalga oshira oladi, shu sababli bu format faylni bir dasturdan ikkinchisiga o‘tkazishda ko‘p qo‘llaniladi.

TXT – standart matnli hujjat (fayl), u formatlanmagan matnga ega bo‘ladi va matnlarni qayta ishlovchi istalgan dasturda ochiladi (odatda «Bloknot» yordamida).

Ovoz: 

MIDI – Musical Instrument Digital Interface. Buni ovozli fayl degandan ko‘ra, o‘rnatilgan sintezatorlarni boshqarish dasturi desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. MIDI turli qurilmalarda o‘xshash ovozlar yaratish va qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashish imkonini beradi.

MP3 – buni tasvirli fayllarning formati – JPG ga o‘xshatsak bo‘ladi. MP3 da fayl 10-12 barobarga siqiladi, bunda sifat ham yo‘qoladi. MP3 formatidagi ovozli faylning sifati a’lo darajada bo‘lmaydi, lekin mutaxassis bo‘lmaganlar uchun unchalik sezilmaydi. Bu formatda siqish inson qulog‘iga eshitilmaydigan chastotalarni olib tashlash hisobiga amalga oshiriladi.

WAV – Microsoft firmasi fayllari. Ular Windows da qo‘llaniladi. Siqilmagan format. Bu format tovushni aniq yetkazadi, lekin diskda ko‘p joy egallaydi. Hajmi kattaligi tufayli, Internet orqali jo‘natishga noqulay.

WMA - Windows Media Audio. Microsoft tomonidan audioma’lumotni saqlash va translyatsiya qilish uchun yaratilgan fayllar formati. Bu formatda fayllar yaxshilab siqiladi.

Boshqalar:

EXE – DOS yoki Windows ilovasi (dasturi), ba’zan o‘zini o‘zi ochuvchi arxiv. Sichqoncha bir yoki ikk marta bosilganda ishga tushuvchi bajariladigan fayl.

HTM, HTML - Hyper Text Markup Language da yozilgan matn. Internet sahifalarini yaratish uchun qo‘llaniladi.

Bular eng ko‘p qo‘llaniladigan fayl formatlari. Yana ko‘pgina formatlar ham bor, ularni tor soha mutaxassislari ishlatadilar.
Категория: Fayllar familiyasi | Добавил: megatron (21.12.2012)
Просмотров: 4634 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: